Geokriologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geokriologiya (geo... va ...kriologiya) — Yer poʻstidagi muzlagan (toʻngan) qatlam (kriolitozona)ning tuzilishi, tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixini, shuningdek ularning toʻngishi va erishi bilan bogʻliq jarayonlarning geofizik va geologik qonuniyatlarini hamda kriogen geologik jarayon va hodisalarni Urganadigan fan. Umumiy, regional va tarixiy, muzlagan togʻ jinslari termodinamikasi, togʻ jinslari, muzlagan togʻ jinslari va muzliklar, muhandislik, kriolitozonadagi yer osti suvlarini tadqiq qilish, kriolitologiya, meliorativ G.ga boʻlinadi. G. metodlariga geokriologik sʼyomka va harita tuzish, shuningdek muzlagan tog jinslari qalin qatlamlarining geodinamik rejimi, geokriogen jarayon va hodisalar natijasida mavsumiy muzlash va erib ketishni muntazam kuzatishlar kiradi. Bulardan tashqari G. muzlagan gruntlarning fizik-mexanik va issiqlik fizikasi xossalarini lab.da Urganadi. Muzlash va erib ketish jarayonlarini hal etishda G. matematika metodlari va EHMdan foydalanadi.

G. fan sifatida 20-asrda geol., geogr., geofizika va muhandislik-texnika fanlari bilan birga paydo buddi. G. buyicha 1940-yillarda keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar utkazildi. 1950-yillarda ilmiy tadqiqotlar amaliyotiga "geokriologiya" termini kiritildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil