Geoiqtisodiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Geoiqtisodiyot - davlatning xalqaro maydonda iqtisodiy strategiya va taktikasini shakllantiradigan amaliy faoliyatini oʻrganadigan fan tarmogʻi. G. geosiyosat bilan uzviy bogʻliq. G. aniq bir sharoitlarda siyosiy, geografik, iqtisodiy, harbiy, eko-logik va boshqa omillar uygʻunligini tahlil qilish orqali xalqning turmush darajasi, mamlakatning ishlab chiqarish potensi-ali, strategik zaxiralar, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar kabi iqtisodiy omillarni ustivor oʻrganadi. Shuningdek, demografik va eko-logik omillar (aholi tarkibi va zichligi, uning oʻsish surʼatlari, Yer sayyorasining cheklangan resurslariga demografik bosim, xom ashyo zaxiralarining kamayishi va boshqalar)ni tadqiq tgish ham G. fani predmetiga kiradi. Bu jami omillarning amal qilishi va taʼsiri mamlakatning geografik holati, uning tabiiy resurslari va iqlim sharoitlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.

Mamlakat taraqqiyoti ehtiyojlari va milliy-davlat manfaatlariga javob beradigan strategiyani ishlab chiqishda gsosiyosiy va geoiqtisodiy omillar hisobga olinadi. Geoiqtisodiy siyo-satdagi asoyeiy masala jahon bozorlarida millin iqtisodiyotning raqobat-bardoshliligini oshirishga imkon bsradigan sharoitlar yaratishdan davlatning manfaatdorligi hisoblanadi.

"G" atamasi birinchi marta AQShda 1980-yillar oxirida idmiy muomalaga kiritilli. Bu tushunchaning "geosiye-siy iqtisodiyot", "xalqaro siyosiy iqtisod", "sissiy-iqtisodiy gsogra-fiya" va boshqa taʼriflari ham bor.

Birinchi geoiqtisodiy tadqiqotlar 1920—30 yilda Yaponiya va Germaniyada paydo boʻldi va bu tadqiqotlar shu mamlakatlarning hukmron doiralari tomonidan oʻz hayotiy makopini kengaytirish va jahonga hukmronlik daʼvolarini asoslashga xizmat qildi. 1970-yillarda buyuk ikki davlat — SSSR va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayishi G.ning keyingi rivojlanishida yangi bosqich ochdi. Bu davrda G. savdo urushlari, bozorlar uchun kurash; kapital va kishilarning mamlakatlararo koʻchishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqtar; harbiy sarf-xarajatlar kjining oʻsishi; byudjet taqchilligi; inflyatsiya va boshqa muammolar b-i shugʻullandi. G. oʻrganadigan muam-molar doirasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, markaz va chekka hududlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni ham qamradi. Mustamlakachilikdan ozod boʻlgan davlatlar yangi jahon iqtisodiy tartibini shakllantirishga hara-kat qildilar. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan oʻz munosabatlarida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida koʻpdan-koʻp takliflar bilan chiq-dilar. Bu takliflarda rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini jadaldashtirish va resurslarni jahon xoʻjaligining chekka hududlari foydasiga qayta taqsimlash masalalari kun tartibiga qoʻyildi.

"Sovuq urush"ning tugashi, sobiq Itgifoqning inqirozi bilan 1990-yillar boshlarida geosissiy va geoiqtisodiy kuchlar nisbatlari va joylashuvi tubdan oʻzgardi, jahonda ikki qutblilikdan koʻp qutbli dunyo sari harakat boshlandi. Hozirgi davrda AQSH hamon eng qudratli davlat boʻlib qolayotgan sharo-itlarda jahon iqtisodiy rivojlani-shining asosiy yoʻnalishi koʻpdan-koʻp iqtisodiy markazlarning yuzaga ksli-shidap, jahon iqtisodiy tizimining poliiyentrizmga oʻtishidan va ayni paytda yangi geoiqtisodiy ziddiyatlar-ning yuzaga kelishidan (mas, Kaspiy dspgizi nsfti masalasida Ozarbayjon, Kozogiston, Eron, AQSH, Turkiya man-faatlari toʻqnashuvi) iborat. Ekspertlarning maʼlumotlari boʻyicha 21-asrda jahon iqtisodiy tizimi 6 asosiy markaz — AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, shuningdek, koʻpgina oʻrta va kichik davlatlardan tashkil topadi.

Jahon iqtisodiyotidagi bu yoʻpalishga gaʼsir koʻrsatadigan muhim geoiqtisodiy omil — globallashuv jarayonlaridir. Milliy iqtisodiyoglar oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik va bogʻdiqlikning kuchayishi, xoʻjalik integratsiyasi iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida koʻplab davlatlar va mintaqalarni turli darajadagi jadallikda sivilizatsiya taraqqistining umumiy oqimiga tortadi. Ularning soni tobora ortib boradi. Koʻpgina mamdakatlarda iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz berayotgap erkinliklar yagona jahon iqtisodiy, axborot, kommunikatsion va madaniy makonning shakllanishi imkoniyatlarini ochadi.

G.da hukumatlar bilan bir qatorda, transmilliy korporatsiya (TMK) va transmilliy banklar (TMB), xalqaro moliyaviy tashkilsgglar faoliyati ham muhim rol oʻynaydi. TMK va TMB — bir tomondan ilgʻor texnologiyalar, boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarining qaror topishita, mamlakat iqtisodiy rivojlanishi surʼatlari va darajasini koʻtarishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, ular koʻpincha bu mamlakatlarning rivojlanishida nomutanosiolikni kuchai-tiradi, chunki ular birinchi navbat-da, asosan, chet el kapitali va tashqi bozorga moʻljallangan ayrim tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga yordam koʻrsatadi.

21-asr boshida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish uning geosiyosiy va geo-iqtisodiy manfaatlariga asoslanadi. Geoiqtisodiy muammolarni hal qilishda qoʻshni mamlakatlar bilan mus-tahkam iqtisodiy integratsiya birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Yevropa va Osiyodagi mamla-katlar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning toʻla ququqli aʼzo sifatida Jahon savdo tashkilo-tiga aʼzo boʻlib kirishi ham muhim oʻrinda turadi (yana q. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati).

Adabiyot[tahrir]

  • Karimov I. Oʻzbekiston XXI asr boʻsagasida. Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik sharglari ia taraqqiyot kafolatlari, T., 1997.

Sharafiddin Qobilov.