Geografik atlas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Geografik atlas - geografik haritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali toʻplami. G. a.ning dastlabki tuplami mil. 2-asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy boshchiligida olimlar Yer meridiani yoyini oʻlchaganlar, xalifa Maʼmun (813— 833)ning koʻrsatmasiga binoan bir kricha haritalar (mas, "Dunyo haritasi") tuzilgan. 10-asrda arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 haritadan iborat "Islom atlasi" deb ataluvchi tuplamda musulmon olami tasvirlangan. G. a.lar 15-asr oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar Yer haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik haritalarga katta ehtiyoj tugʻilgach, keng tarqala boshladi. Atlas haritagrafiyasining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527—98), Gerard Merkator (1512—94) va b. salmoqli hissa qoʻshgan. "Atlas" termini dastlab 1595 yil geografik haritalar toʻplamiga nisbatan ishlatilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, keyinchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-asr oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz navigatsiya haritalari toʻplami, 1584—85). Usha vaqtdan koʻp jildli katta bichimli G. a.lar nashr qilina boshlandi. G. a.lar tuzish 17-asrda Niderlandiyada rivoj topdi. Semyon Remezov 1701 yil tuzgan "Sibir chizma kitobi"ni ruslar birinchi rus G. a. deb hisoblaydilar. 18-asrda Parij, Peterburg va Berlin Fanlar akademiyasida G. a.lar tuzish yetakchi urinni egalladi. 19-asrdan mavzuli (tematik) atlaslar paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududi tasvirlangan dastlabki haritalarning toʻliq nusxalari 1914 yilda nashr etilgan "Rossiyaning Osiyo qismi atlasi"da berilgan. Hozirgi G. a.larning oʻziga xos xususiyati shundaki, ulardagi haritalar oʻzaro uygʻunlikda boʻlib bir-birini toʻldiradi.

G. a.lar gʻoyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamlakatlar, viloyatlarning atlaslari), mazmuni (umumiy geografik haritalar, mavzuli haritalarning soha atlaslari, mas, geologik, iqlim, qishloq xoʻjaligi atlaslari), vazifasi (ilmiy maʼlumotnomali, Oʻlkashunoslik, oʻquv, turistik, yoʻl atlaslari va h. k.) bilan farq qiladi.

G. a.lar oʻlchami ham har xil: katta atlaslardan (1928 yil nashr etilgan Misr atlasi) choʻntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim G. a.lar orasida Dunyoning katta sovet atlasi (1937—40), Dunyo atlasi (uch jildli, 1954), Dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), Geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari atlasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Yevropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), Isroil (1956-64) va b., AQShda Meyer atlaslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b.ning ahamiyati katta. 1963 yil Oʻzbekiston atlasi, 1980—81 yillarda Oʻrta Osiyo respublikalari ichida birinchi boʻlib, oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston uquv atlasi, 1982—85 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geografiya bulimi tomonidan 2 jildli Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy maʼlumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jildida Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geol.si, iqpimi, suv resurelari, tuprogʻi, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi marta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash haritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, oʻrta va oliy taʼlim, sogʻliqni saklash, rekreatsiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik rayon va b. haritalar oʻz aksini topgan. Toshkent sh.ning 2000-yillik yubileyiga 1983 yil Toshkent G. a. yaratildi. 1984 yil Oʻzbekiston Yer tuzish loyiha instituti tomonidan Oʻzbekiston Agrosanoat kompleksi albomi nashr etildi. Oʻzbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tuzildi. 1999 yil oʻzbek va rus tillarida oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining geografik atlasi nashr etildi.

Ld.:Salishev K. A., Geograficheskiye atlasi (Itogi nauki. Kartograficheskiy sb., 1-3, M., 1964-68); Mirzaliyev T., Muxitdinov Sh. M., Bazarbayev A., Atlasnoye kartografirovaniye v Oʻzbekistane, T., 1990.

Turgʻunboy Mirzaliyev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil