Geodezik punkt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geodezik punktkoordinatalari maʼlum boʻlgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar bilan anikdanadigan nukta. G. p. koordinatalari (vaziyati)ni aniqlashda koordinatalari maʼlum nuqta sifatida baland joylashgan nuktalar tanlanadi. G. p. koordinatalari asosan triangulyatsiya usullari bilan belgilanadi. G. p.lardan uzok, muddat foydalanish maqsadida ularning yer sirtidagi oʻrni geodezik markaz deb ataladigan maxsus beton - quyma (monolit) bilan belgilab qoʻyiladi. Bundan tashqari G. p.da piramida shaklidagi minora (geodezik signal) quriladi (rayemgak,.). G. p. majmui geodezik tayanch shoxobchalari deyiladi. Bular davlat geodezik, mahalliy geodezik va plan olish shoxobchalariga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari topografik planlar olish uchun tayanch punkt boʻlish bilan birga xalq xoʻjaligi va mudofaasiga doyr geodezik va muhandislik-texnik masalalarni hal qilishda ham asos hisoblanadi. Masalan, davlat geodezik tayanch shoxobchalari maʼlumotlaridan foydalanib, Yer shakli va oʻlchamlari, Yer qobigʻining harakati, qitʼalarning siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va b. aniqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil