Genrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Genrix (Henry) — Angliyada: Genrix 1 (1068, Selbi - 1135.1.12, Lionla Fore) qirol (1100 y.dan). Vilgelm I Fotihning kichik oʻgʻli. Ingliz baronlarini oʻz tarafiga ogʻdirib, taxtni qonunsiz egallagan. Qirollikni ancha mustahkamlagan. Uning davrida boshqaruvning markaziy organi — qirollik kuriyasi (jangchi erkaklar uyushmasi) tashkil etilgan.

Genrix II Plantagenet (Genrix Anjuyskiy) (1133.5.3, Leman - 1189, Shinon) qirol (1154 y.dan). Plantagenetlar sulolasining birinchi vakili. Fransiyada katta mulklari boʻlgan. Qirollikni mustahkamlaydigan islohotlar oʻtkazgan. G. II davrida (1169) Irlandiya bosib olina boshlangan.

Genrix III (1207.1.10, Uinchester — 1272.16.11, London) — qirol (1216 y.dan), plantagenetlar sulolasidan. G. III ning chet ellik avantyuristlar va Rim kuriyasiga tayangan holda mamlakatni boshqarishga intilishi baronlarning noroziligiga sabab boʻldi. Baronlarni shaharliklar va dehqonlarning yuqori tabaqasi qoʻllab-quvvatladi (Fuqarolar urushi, 1263—67). G. III davrida 1-ingliz parlamenti chaqirilgan.

Genrix IV (taxminan 1366. aprel, Bolingbrok qasri, Linkolnshir grafligi — 1413.20.13, London) - qirol (1399 y.dan). Lankasterlar sulolasining asoschisi. Richard II tomonidan agʻdarilgan. G. IV davrida parlament huquqi kengaytirilgan.

Genrix V [1387.16.9(?), Monmut -1422.31.8, Bua-de-Vensenn| — qirol (1413 y. dan). Lankasterlar sulolasidan. G. V Yuz yillik urush (1337-1453) davrida Azenkurda fransuzlarni tor-mor qilgan (1415) va Fransiyaning shim. ni (Parij bilan birgalikda) bosib olgan.

Genrix VI (1421.6.12, Vindzor — 1471.21.5, London) — qirol (1422— 61), Lankasterlar sulolasidan. 9 oylik chaqaloqpigida taxt tepasiga kelgan. Hizil va oq gumar urushi davrida yengilgan. Taxt tepasiga qisqa muddatli kelishi (1470 y. okt. — 1471 y. aprel) dan soʻng yana taxtdan agʻdarilgan va Tauerda oʻddirilgan.

Genrix VII (1457.28.1, Pembruk -1509.21.4, Richmond) — qirol (1485 y.dan). Tyudorlar sulolasi asoschisi. Bosvort jangi (1485 y. 22 avg .)da Richard III ni yengib, taxtni egallagan. G. VII davrida ingliz absolyutizmiga asos solingan.

Genrix VIII (1491.28.6, Grinvich -1547.28.1, London) - qirol (1509 y.dan). Tyudorlar sulolasidan. G. VIIIdavrida Reformatsiya oʻtkazshtyan. 1534 y. anglikan cherkovi rahbari deb eʼlon qilingan. 1536 va 1539 y.lar monastir yerlari musodara qilinib dvoryanlarga berilgan. G. VIII i.ch. vositalaridan mahrum qilingan dehqonlarga qarshi qator qonunlar chiqargan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil