Genetta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Genetta (Genetta) — yirtqich darrandalar turkumining viverrasimonlar oilasiga mansub avlod. Bir necha turi bor. Asosan, Afrika savannalarida va tropik oʻrmonlarda yashaydi. Yevropa genettasi (Genetta genetta) Ispaniya va Fransiya oʻrmonlarida uchraydi. Tanasining uz. 55 sm, dumi 40 sm cha. Anal bezlari hidli modda ajratadi. Terisi kalta va mayin och kulrang jun bilan qoplangan, tanasining ikki yonida har xil shakldagi qora dogʻlari bor. Dumi qora, 7—8 tacha oq halqasi bor. Tungi hayvon; mayda kemiruvchilar, qushlar va turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Baʼzan uy parrandalariga ham hujum qiladi. Qoʻlga tez oʻrganadi. Mayda kemiruvchilarni yoʻqotish maqsadida uyda asraladi. Moʻynasidan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil