Gendel Georg Fridrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

GENDEL (Handel) Georg Fridrix (1685.23.2, Galle - 1759.14.4, London) — nemis kompozitori. 1706—10 yillarda Italiyada yashab, klavir va organ ijrochisi sifatida shuhrat qozongan. 1717 yildan Angliyada yashagan. 1720—41 yillarda London opera teatri (Qirol musiqa akademiyasi)ning rahbari. "Rinaldo" (1711), "Radamist" (1720), "Yuliy Sezar" (1724), "Richard I" (1727), "Kserks" (1738) kabi 40 dan ortiq tarixiy opera yozgan. Sharq mavzularida "Temur" (1724), "Kir, Forsiya podshosi" (1728), "Por, Hindiston podshosi" (1731) operalarini yaratib, ular tarkibiga ekzotik sahnalar kiritgan. Oratoriya janrini tubdan qayta ishlab, monumental. ulugʻvorlik va dramatizm bilan sugorilgan asarlar ijod qilgan. G. xor musiqasi ustasi, shuningdek ommabop, taʼsirchan musiqa uslubini yaratgan. Kantatalar, orkestr va organ konsertlari, cholgʻu syuita, sonata, ochiq havoda ijro etishga mos "Suv sathi musiqasi" (1716), "Mushakbozlik musiqasi" (1749) va boshqa asarlar muallifi. London (1843), Leypsig (1856), Galle (1955) shaharlarida G. jamiyatlari tashkil etilgan. 1952 yildan Galle shahrida G. musiqa bayramlari oʻtkaziladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil