Gemoterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gemoterapiya (gemo... va terapiya) — qon bilan davolash. Buning uchun bemorga konservalangan qon va uning tarkibiy qismlari (plazma, eritrotsitlar, lepkotsitlar va trombotsitlar) quyiladi, shuningdek qondan tayyorlanadigan preparatlar: albumin (organizmda oqsil yetishmaganda), fibrinogen, gemofiliyaga qarshi globulin, gamma-globulin, trombin va b. qoʻllaniladi. Bemorning oʻz qonini oʻziga (teri ostiga yoki muskul orasiga) yoki donordan olib quyish — autogemoterapiya amalda keng rasm boʻlgan (yana q. Qon quyish).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil