Gemoglobinuriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gemoglobinuriya (gemoglobin va yun. uron — siydik) — gemoglobinning siydik bilan chiqishi. Qon gemolizga uchraganda roʻy beradi. Kislotalar, baʼzi dorilar (mas, xinin, sulfanilamidlar, levomitsetin, gentamitsin va h.k.) dan zaharlanganda, kuyishda, organizmga mos kelmagan qon quyilganda, uzoq vaqt yurilganda, qattiq sovqotganda kuzatiladi. G.da siydik qizaradi, ammo tiniq boʻladi. Davo asosan G.ga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil