Kontent qismiga oʻtish

Gemangioma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gemangioma (yun. haima — qon, angeion — tomir) — qon tomirlarining xavfsiz oʻsmasi. Koʻpincha yosh bolalarda tomirning tugʻma ortiqcha tarmoqlaridan rivojlanadi. Bola tugʻilgan zahoti yoki sal oʻtgandan keyinroq koʻzga tashlanadi, baʼzida yoshi kattalarda ham kuzatiladi. Tananing turli sohalarida, koʻproq lab, yuz va boʻyinda uchraydi. Bola oʻsgan sayin G. ham kattalashadi va hiylagina joyni egallab oladi. Oʻz vaqtida davolanmasa, boshqa aʼzolarga oʻtishi mumkin. G. teri va shilliq qavatda, muskul, biriktiruvchi toʻqima va suyaklarda, shuningdek jigar, buyrak va b. aʼzolarda ham boʻladi. Jarroxlik yoʻli bilan oʻsma olib tashlanadi (yana q. Angioma).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil