Gemagtlyutinatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gemagtlyutinatsiya (gemo... va agglyutinatsiya) — serologik reaksiya; quyilayotgan qon resipiyent (qon oluvchi bemor)ning qon guruhiga moye kelmaganda, qon shaklli elementlaridan eritrotsitlarning bir-biriga yopishib, gʻuj boʻlib choʻkishi. Bevosita va bilvosita G. farq qilinadi. Bevosita G.da eritrotsitlarning yopishib qolishi unga antitelo — gemagglyutininlarning toʻgʻridantoʻgʻri taʼsiri tufayli roʻy beradi. Agar gemagglyutinin va eritrotsitlar bir turdagi organizmga xos boʻlsa, izogemagglyutinatsiya sodir boʻladi. Bu qon guruhini aniqlash va donorni toʻgʻri tanlashda qoʻl keladi. Agar yuqoridagi holat har xil turdagi organizmga xos boʻlsa, geteroagglyutinatsiya roʻy beradi, bu asosan ayrim infeksion kasalliklar (mas, infeksion mononukleoz)da kuzatiladi. Bilvosita G.da tegishli antigen yoki gapten bilan ishlangan eritrotsitlar yopishib qoladi. Bu reaksiya ayrim infeksion va allergik kasalliklarda qoʻllaniladi. Eritrotsitlarning gʻuj boʻlib yopishib qolishi viruslar taʼsirida (mas, grippda) ham roʻy berishi mumkin. Virusli kasalliklarni aniqlashda bu reaksiyalarning oʻziga xos tomonlaridan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil