Gelmintozoonozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gelmintozoonozlar - tabiiy sharoitda qoʻzgʻatuvchisi odamlarda va hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi gelmintoz kasalliklar guruhi. G. atamasi J929 y.da rus olimlari K. I. Skryabin va R. S. Shulsar tomonidan fanga kiritilgan.

G. ikki guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga tarixiy taraqqiyot (filogenez) jarayonida faqat hayvonlar organizmiga moslashgan G. qoʻzgʻatuvchilari kiradi. Odam bu qoʻzgʻatuvchilar uchun fakultativ xoʻjayin boʻlishi mumkin. Bu guruxga fassiolyoz, dikrotselioz, senuroz, sistitserkoz, dipilidioz, trixinellyoz va b. kasalliklar misol boʻladi. Birinchi guruh gelmintozlarga odam tanasiga joylashib, uning organizmini maʼlum patologik oʻzgarishlarga olib kelib, ammo oʻzi jinsiy voyaga yetmaydigan gelmintlarni ham kiritish mumkin. Mas, itlarning unsinarioz kasalligi qoʻzgʻatuvchisining lichinkasi, sut emizuvchi va kushlarning shistosomatit lichinkalari odam terisi orqali oʻtib, dermatitni paydo qiladi.

Ikkinchi guruhga qoʻzgʻatuvchisining biologik rivojlanishida odam ishtiroki shart boʻlgan G. kiradi. Mas: teniidoz, teniarinxoz kabilar. Teniarinxoz Oʻzbekistonda Xorazm, Buxoro, Samarkand viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi oʻrtasida uchraydi (piyoz va garmdori qoʻshilgan xom qiyma goʻshti — "ijjan" isteʼmol kilinishi uning asosiy sababidir).

G. bilan zararlanishda epizootologik va epidemiologik jarayonlarning bir necha holatlari farq qilinadi: a) odam va hayvonlar gelmintlar uchun asosiy xoʻjayin hisoblanadi (mas, opistorxoz, shistosomoz, fassiolyoz, difillobotrioz, dipilidioz). Bunday holatda odam va hayvonlar bir-biriga kasallikni yuqtirmaydi; ular invaziya manbai boʻlib, boshqa biror oraliq yoki qoʻshimcha xoʻjayin hisoblanadi; b) odam asosiy xoʻjayin, hayvonlar — oraliq xoʻjayin boʻladi (mas, teniarinxoz va teniozlarda qoramollar va choʻchqalardan kasalliklar odamlarga yuqadi; v) baʼzi bir tur hayvonlar asosiy xoʻjayin boʻlib, odam oraliq xoʻjayin vazifasini oʻtaydi (mas, exinokokkoz); g) odam va hayvonlar bitta tur gelmint uchun bir vaqtning oʻzida ham asosiy xoʻjayin, ham oraliq xoʻjayin boʻlishi mumkin (mas, trixinellyoz).

Goʻsht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, aholining umumiy va sanitariya madaniyati darajasini oshirish, yaylovlar va hayvonlar suv ichadigan joylarning kasallik qoʻzgʻatuvchisining tuxum va lichinkalari bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, tabiiy-geografik sharoit va b.ni yaxshilash G.ga qarshi kurash va ularni yoʻqotishda katta ahamiyatga ega. Jaloliddin Azimov, Erkinjon Shakarboyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil