Kontent qismiga oʻtish

Geliotropin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Geliotropin, piperonal, C8H6O3 — xushboʻy hidli, organik birikma, rangsiz kristallar. Mol. m. 150,13. Suyuqdanish temperaturasi 37°, qaynash temperaturasi 264°; Sovuq suvda oz, spirt, efir, benzol va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv bugʻi bilan oson haydaladi. Geliotrop va siren gullarida vanil va baʼzi efir moylari tarkibida uchraydi. Sanoatda G. safrolni KON ishtirokida izomerlash, soʻngra hosil boʻlgan izosafrolni xromli aralashma yoki ozon taʼsirida oksidlash usuli bilan olinadi. Oziqovqat sanoatida, atir-upa i. ch.da, shuningdek iroqi sovunni xushboʻy qilishda ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil