Kontent qismiga oʻtish

Geliogravyura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliogravyura (gelio... va gravyura) — chuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar bilan tayyorlanadi. XIX asr 2-yarmida kashf etilgan. Bunda tasvir diapozitivi pigment qogʻozga tushiriladi, nusxasi mis plastinka (rastr)ga koʻchiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy ishlov berib, chuqur bosma elementlari hosil qilinadi. Soʻnggi yillarda geliogravyura oʻrniga, koʻpincha, rakel chuqur bosma usuli qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil