Geliograf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliograf (gelio... va ...graf) — 1) meteorologiyada — Quyosh nur sochib turadigan vaktni, yaʼni Quyosh ufq ustida turgan va uni budut toʻsmagan vaqtni avtomatik tarzda qayd qiladigan asbob. Ishlash tarzi quyosh nurlarining yo issiklik, yoki kimyoviy taʼsiriga asoslangan. Uzluksiz qayd qilib boradigan aktinograf ham G. sifatida xizmat qilishi mumkin (k,. Aktinograf); 2) astronomiyada — Quyoshning fotosuratini olish uchun ishlatiladigan teleskop. Obyektivi fotografik nurlarda surat olishga moslashtirilgan. Quyosh tasvirini kattaroq qilib suratta olish uchun kamera G. fokusidan tashqariga oʻrnatiladi. Shu maqsadda qoʻshimcha optik tizim — okulyar yoki qisqa fokusli fotografik obyektiv ishlatiladi. Ayrim spektral chiziqda Quyosh fotosuratini olish uchun spektrogeliograf ishlatiladi; 3) harbiy ishda — 19—20-asrlar boshlarida yoruglik nurini qaytaruvchi koʻzgu yordamida Morze alifbosi signallarini uzatuvchi asbob. Bunday G. bilan kunduzi 18—40 km gacha, kechasi 3—8 km gacha signallarni uzatish mumkin boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil