Kontent qismiga oʻtish

Geliobiologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliobiologiya (gelio... va biologiya) — biofizikaiint quyosh aktivligining Yer biosferasidagi har xil hodisalar bilan bogʻlanishini oʻrganadigan boʻlimi. Quyosh tirik organizmlarga bevosita (elektromagnit nurlanish, quyoshdagi chaqnashlardan yuqori energiyaga ega boʻlgan protonlar) va bilvosita (Yer ionosferasi, magnitosferasi va atmosferasiga Quyosh radiatsiyasi taʼsiri orqali) taʼsir etishi mumkin. G. ana shu omillarning biologik sistemalar holatiga taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganadi, ularni miqaoriy jihatdan taxlil qilib, taʼsir mexanizmini aniqdaydi. G.ga rus olimi A. L. Chijevskiy (1915) asos solgan. Ammo quyosh aktivligining Yerdagi tirik organizmlar hayotiga taʼsirini ungacha shved S. Arrenius va b. ham koʻrsatib oʻtishgan. Taniqli olimlardan M. For, G. Sardu, G. Vallo (Fransiya), M. Takata (Yaponiya), J. Pikkardi (Italiya), N. A. Shuls, V. P. Desyatov (Rossiya) G.ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshishdi. Quyosh aktivligi odamlar nerv sistemasining funksional holatiga, ularning kasallanishi va oʻlimiga, oʻsimliklar hosildorligiga, hayvonlar, jumladan zararkunanda hasharotlarning koʻpayish intensivligi, hayvonlar migratsiyasi va b. bir qancha biologik hodisalarga taʼsir etishi toʻgʻrisida dalillar mavjud. Bu hodisalar davriy takrorlanib turishi yoki aperiodik xususiyatga ega boʻlishi mumkin. Bunday hodisalarning namoyon boʻlishi, intensivligi va fazoviy tarqalishi muayyan geliofizik omillarga yaxshi moye keladi. Xususan biologik jarayonlarning aniq takrorlanib turishi quyosh aktivligining 11 yillik va undan koʻproq sikliga hamda quyoshning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga bogʻliqligi aniqlangan. Quyoshdagi faol maydonlarning davomiyligi bu maydonlardan tarqalayotgan nurlar taʼsirining davriyligini belgilaydi. Aperiodik oʻzgarishlar, odatda, Quyoshdagi chaqnashlardan keyin paydo boʻladigan geomagnit boʻronlar bilan tushuntiriladi. Geliofizik omillar tiriklikning mavjudligi sharti (fotosintez, biologik ritm va b.) boʻlishi bilan birga biosferada sodir boʻlib turadigan koʻngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Geliofizik hodisalarning tabiatini oʻrganish va oldindan tushuntirib berish ekologiya, kosmik biologiya, tibbiyot va qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Chijevskiy A. L., Vliyaniye solnechnoy aktivnosti na biosferu, M., 1982; Problemi kosmicheskoy biologii, t. 43, M., 1986.

GELIOGEOFIZIKA(gelio... va geofizika) — Quyoshda boʻladigan jarayonlarning geofizik hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan ilmiy yoʻnalish. Kuyoshning sokin holatdagi nurlanishi (unda faol jarayonlar yoʻq vaqti) vaqt boʻyicha bir xil spektrning hamma diapazonidagi elektromagnit nurlanishidan (rentgen, ultrabinafsha, koʻrinuvchi, infraqizil va radiodiapazondagi) va korpuskulalarning kuchsiz oqimi (asosan, elektron va protonlar)dan iborat. Yuqorida qayd etilganlardan Yer yuzasiga faqat koʻrinuvchi va radionurlanishlar yetib keladi. Koʻrinuvchi nurlanishlar troposfera va gidrosferami kelayotgan asosiy quvvat (energiya)ni yetkazadi va ularning issiqlik va dinamik holatini belgilaydi. Ultrabinafsha va rentgen nurlanishlar atmosferaning yuqori katlamlarini ionlashtiradi (ionosfera qatlamini hosil qiladi) va shu usulda uzoq masofalarda qisqa toʻlqinda radioaloqalar oʻrnatish imkonini beradi. Korpuskulyar nurlanish Yerning radiatsion belbogʻini hamda Quyoshdan qaramaqarshi tarafga yoʻnalgan Yer magnitosferasi dumini zarralar bilan toʻlatib turadi. Quyoshda faol jarayonlar paydo boʻlganida rentgen, ultrabinafsha va radiodiapazondagi nurlanishlar kuchayadi va korpuskulyar oqimlar sekundiga bir necha yuz km va undan ham yuqori tezlikda purkala boshlanadi. Qisqa toʻlqinli nurlanishlarning kuchayishi ionosfera qatlamlarining zichligini oshiradi, bu esa Yerning kunduzgi qismida qisqa toʻlqinda radioaloqalarning susayishiga yoki yoʻq boʻlishiga va uzun toʻlqinda radioaloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Korpuskulalar radiatsion belbogʻlarni toʻyintirib, oʻzlari ham katta tezlanish oladi va Yer qutblarida atmosferaning ionosfera qatlamlariga yetib keladi. Bundan radioaloqalarni buzadigan, qutb yogʻdoʻsini va tungi osmon yorugʻligini kuchaytiradigan, zaryadlangan zarralar oqimining harakati natijasida magnit boʻronlarini keltirib chiqaradigan anomal ionlashish paydo boʻladi. Magnit maydonning toʻlqinlanishi har xil elektr uskunalarining tok oʻtkazgichlarida induksion tok hosil qilib bu uskunalarning ishiga xalaqit beradi. Korpuskulyar oqimlar Yer atmosferasi sirkulyatsiyasi harakterini ham oʻzgartirib, Yer oʻziga oladigan issiqlikning umumiy miqdorini oʻzgartirmagan holda uning Yer yuzida qayta taqsimlanishiga olib keladi, bu ob-havoning oʻzgarib ketishiga olib kelishi ham mumkin. G. yordamida Quyosh korpuskulalari bilan bogʻliq boʻlgan elektromagnit maydonlarning Yer biosferasidagi har xil oʻzgarishlarga taʼsiri ham oʻrganiladi.