Kontent qismiga oʻtish

Geli Raubal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angela Maria "Geli"
Angela Maria Raubal
Fayl:GeliRaubal.jpg
Tavalludi
Angela Maria "Geli" Raubal

4-iyun 1908-yil (1908-06-04) (116 yosh)
Linz, Avstriya-Madaniyat
Vafoti 18-sentyabr 1931-yil(1931-09-18)
(0 yoshda)
Gitlerning Myunxen apartmenti, Germaniya
Fuqaroligi Avstriya
Taʼlimi Tibbiyot (tugatmagan)
Faoliyat yillari 1925–1931
Otasi Leo Raubal Sr.
Onasi Angela Raubal
Qarindoshlari Adolf Gitler (yarim amakisi)

Angela Maria "Geli" Raubal (1908 – 1931) — Avstriyalik ayol, Adolf Gitlerning jiyanidir. Raubal 1925-yildan 1931-yilda taxminan o‘z joniga qasd qilgunga qadar amakisi Adolf bilan yaqin aloqada yashagan.

Angela Maria "Geli" Raubal 1908-yil 4-iyunda Linzda tug‘ilgan,[1] u yerda Leo va Elfriede ismli ukalari bilan yashagan[2]. Uning otasi 31 yoshida vafot etadi, bu paytda Geli ikki yoshda bo‘lgan. 1925-yilda Raubal va onasi Gitlerning uyida bir muddat xizmatchi bo'lishgan. Uning onasi 1928-yilda Berchtesgaden yaqinidagi Berghofda xizmatchi bo'lib ishlay boshladi. [3]

Gitler Nazi partiyasining rahbari sifatida hokimiyatga kelishi bilan Raubalni merosxo'r qilish haqida o'yladi va uning harakatlarini nazorat ostida ushlab turdi. 1927-yil dekabrda u Raubalning shofyor bilan munosabatini aniqlagach, bu aloqani tugatishga majbur qildi va shofyorni xizmatdan bo‘shatdi. Shundan so‘ng, Gitler uning do‘stlari bilan aloqada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi va doimo uning yaqinida bo‘lishni xohlagan.[4]

Raubal Gitlerning uyida yashagan va Gitler uning harakatlarini qat’iy nazorat ostida ushlab turgan. U o'zini qamoqqa olingandek his qilardi va Vena shahriga qochishni rejalashtirdi.[5] 1931-yil 18-sentyabrda Gitler va Raubal o'rtasiga sovuqlik tushdi, chunki u Vena shahriga borishni istagan, Gitler esa bunga rozi bo‘lmagan. Gitler Nurembergda uchrashuvga ketganda, Raubal Gitlerning uyida, Gitlerning Walther pistoleti orqali o‘zini o‘ldirgani haqidagi xabarni olgan. Raubal 23 yoshda edi.[1][3]

Matbuotda darhol jismoniy zo'ravonlik, jinsiy munosabat, Raubalning amakiga bo‘lgan ishqiy tuyg‘ulari va hatto qotillik haqida mish-mishlar tarqaldi. Münchener Post o‘lgan ayolning burun suyaklari singanligini xabar qildi. Otto Strasser, Gitlerning siyosiy raqibi, imkoniyatdan foydalanib, Gitler haqida turli bo'xtonlar tarqatdi.[6] Tarixchi Ian Kershaw "Gitlerning Geli bilan bo‘lgan munosabatida jinsiy aloqada bo'lganlik belgilari bor," deb ta’kidladi. Politsiya jinoyatni inkor etdi va o‘limni o‘z joniga qasd sifatida belgiladi. Gitler juda dahshatga tushdi va chuqur depressiyaga tushdi. U Tegernsee ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan uyga ko‘chdi va 24-sentyabrda Vena shahrida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida ishtirok etmagan. U ikki kundan so‘ng uning qabriga borgan. Keyinchalik, Gitler depressiyasdan xalos bo‘lib, siyosatga qaytdi.[7]

''Gitler Raubaldan keyin birorta ham ayolni sevmagan. Haus Wachenfelddagi xonasi qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday qoldirilgan, Gitler o‘z xonasiga hamda Berlinning Reich Chancelleryga Raubalning portretlarini osgan'' - deb ta’kidlaydi amerikalik tarixchi William L. Shirer.[6]

1992-yil Vanity Fair maqolasida Ron Rosenbaum bir nechta nazariyalarni ko‘rib chiqdi, shu jumladan Raubal o'limi haqida o'rgandi.. Gitlerning yarim ukasi Alois orqali nipasi William Stuart-Houstonning so‘zlariga ko‘ra, "1931-yilda Berlinda bo‘lganimda, oilada muammo bor edi. ... Gitler va Raubal uzoq vaqt davomida yaqin bo‘lganini, va u homilador bo‘lganini hamma bilardi – bu Gitlerni g‘azablantirgan edi."[8]

  1. 1,0 1,1 Toland 1976, s. 349.
  2. Görtemaker 2011, s. 43.
  3. 3,0 3,1 Bullock 1999, s. 393.
  4. Kershaw 2008, s. 219.
  5. Kershaw 2008, s. 177.
  6. 6,0 6,1 Shirer 1960, ss. 132–133.
  7. Rosenbaum 1992.
  8. Robinson 2017.