Geksozalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Geksozalar, CjHuO,, — molekulasida oltita uglerod atomi boʻlgan monosaharidlar. Tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida sof holda hamda polisaharidlar tarkibida uchraydi. Karbonil guruhiga koʻra G. aldogeksozalar va ketogeksozalarga boʻlinadi. Aldogeksozalarga mansub glyukoza, galaktoza va mannoza tabiatda erkin holda yoki glyukozidlar, polisaharidlar hamda fosfor efirlari sifatida glikoproteidlar, glikolipidlar va b. murakkab birikmalar tarkibiga kiradi. Ketogeksozalardan eng koʻp tarqalgani — fruktoza. G. polisaharid hamda glikozidlarni gidroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Aldova ketogeksozalardan baʼzilari (alloza, akroza, glyunoza, galtoza) sintetik yoʻl bilan ham olingan. G. neytral va kucheiz kislotali muhitda barqaror. Barcha G. turli qandlar va ularning hosilalarini sintez qilishda asosiy xom ashyodir. Glyukoza oziq-ovqat mahsuloti va doridarmon sifatida hamda spirt sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil