Gegenbaur Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GEGENBAUR (Gegenbaur) Karl (1826. 21.8, Vyursburg — 1903. 14. 6, Geydelberg) — nemis biologi, qiyosiy anatomiyada filogenetik yoʻnalish asoschilaridan biri. Yena (1855 y. dan) va Geydelberg (1872 y. dan) universitetlari prof. Umurtqasiz hayvonlar embriologiyasida 2 qavatli (keyinchalik gastrula deb atalgan) lichinka hosil boʻlishini birinchi boʻlib tasvirlagan, meduzalarning koʻpayishi va rivojlanishini oʻrgangan. Umurtqalilar tuxumi bitta hujayradan iborat boʻlishini isbot qilgan. Skelet filogeniyasi misolida organlar gomologiyasi prinsiplarini ishlab chiqqan. Juftoyoqlarning kelib chiqishini isbotlash uchun "Ikki tomonlama arxipterigiya" nazariyasini kashf etgan; bosh suyagini akulalar togʻayidan kelib chiqishini koʻrsatib bergan. G. biogenetik qonunta tanqidiy nazar bilan qaragan. Uning qiyosiy anatomik tadqiqotlari bitta tipga mansub boʻlgan voyaga yetgan hayvonlarni tekshirish bilan cheklangan. Uning "arxetip" organlar gʻoyasi oʻz davrida qiyosiy anatomik tadqiqotlarning namunasi sifatida katta ahamiyatga ega boʻldi. G. qarashlari Darvingacha boʻlgan davr natur falsafiy anʼanalarining ifodasi edi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil