Gedin Sven Anders

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gedin Sven Anders (1865.19.2-Stokgolm —1952.26.11) — shved sayyohi. 1893 y.dan 1902 y.gacha Tibet va Markaziy Osiyoning shim.-gʻarbini tadqiq etgan. 1905—08 y.larda Trapezund (Trabzon)dan chiqib Eronning shim.-sharqi, Kashmir orqali Brahmaputra va Satlaj daryolarining boshlanish joyigacha yetib borib, Transhimolay togʻlarini tadqiqetdi. 1923 y.da Shim. Amerika, Yaponiya, Mongoliya va Sibir orqali dunyo boʻylab sayohat qildi. 1927—35 y.larda Xitoy, Mongoliya, Gʻarbiy Tibet va Sharqiy Turkistonni oʻrgandi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil