Gazli-nukus gazoprovodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazli-nukus gazoprovodi -gaz magistrali. Oʻzbekistonning shim. dagi isteʼmolchilar ehtiyojini respublikaning oʻz gazi bilan qondirish maqsadida (Urganch sh. tarmogʻi bilan birga) qurilgan. Gaz yoʻlining 1-navbati 1994 yilda ishga tushirilgan (uz. 94 km), 1997 yilda kurilish yakunlangan. Umumiy uz. 317,7 km (jumladan Urganch sh. tarmogʻi 28 km). Gaz yoʻlida 1020 mm li quvurlar yotqizilgan. Undan loyiha quvvati boʻyicha yiliga 8 mlrd. m3 dan koʻproq gaz oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil