Gazlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazlash — 1) mineral suvlar, meva sharbatlari, kvas, pivo va shampan vinolarini karbonat angidrid (SO2) gazi bilan toʻyintirish. G. ichimliklarga vishillash xususiyatini beradi, ularning badanga singishini yaxshilaydi, taʼmini yoqimli qiladi. G.ning ikki usuli bor: gazni toʻgʻridan-toʻgʻri suyuqlikka berish (maye, meva sharbatlari, mineral suvlar; bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. 1 l ichimlikka 0,3—0,5 mg karbonat kislota qoʻshiladi); ichimliklarni bijgʻish vaqtida ajralib chiqqan gaz hisobiga toʻyintirish (maye, shampan vinosi, pivo, kvas); 2) yoqilgʻilarni G. — kumir, mazut, torf, yogoch, slanes va b. yoqilgʻilardan generator gazi olish. Gaz generatori yordamida yoqilgʻini yuqori temperaturada havo yoki suv bugʻi bilan oksidlab amalga oshiriladi. Agar G. bosim ostida bugʻ-kislorod aralashmasidan foydalanib bajarilsa, tarkibida 15% gacha metan boʻlgan shahar gazi hosil boʻladi. G.da qoʻshimcha mahsulot — generator smolasi ham olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil