Gaz turbinali dvigatel
Gaz turbinali dvigatel (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. G. t. d.ni yaratish goyasini birinchi marta 1791-yilda ingliz ixtirochisi J. Barber taklif qilgan. Birinchi G. t. d.ning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-yilda taklif qilib, 1900-yilda kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. G. t. d.larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potensial energiyasi turbina kuraklarida kinetik energiyaga, soʻnfa qisman mexanik energiyaga (ishga) aylanadi. G. t. d.ning yonish bosimi oʻzgarmas va yonish hajmi oʻzgarmas xillari boʻladi. Yonish bosimi oʻzgarmas G. t. d.da yoqilgʻi uzluksiz yonadi, yonish hajmi oʻzgarmasida davriy yonadi. Birinchi G. t. d. koʻp tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilgʻi beriladi; yonilgʻi aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, soʻngra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning koʻp qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf boʻladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat isteʼmol qiladigan ish G. t. d.ning foydali ishi hisoblanadi. G. t. d.da suyuq yonilgʻi va gaz yoqiladi, qattiq yoqilgʻi faqat elektr styalariga oʻrnatilgan G. t. d. uchun ishlatiladi. Gazning turbinaga kirish oldidagi temperaturasi qancha yuqori boʻlsa, G. t. d.ning f. i. k. ham shuncha katta boʻladi. G. t. d. sanoatda, aviatsiyada (qarang Reaktiv dvigatel), kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida (gaz kompressorlarini yurgizish uchun), neft haydash zavodlarida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |