Gaz termometr
Qiyofa
Gaz termometr – temperaturani oʻlchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi Vning temperaturaga bogʻliqligiga asoslangan: pV=RT (R – gaz doimiysi). Temperatura shkalalarini tuzish temperaturani Gaz termometr vositasida oʻlchashga asoslangan. Gaz termometrdan Xalqaro amaliy temperatura shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi temperatura asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli Gaz termometrdan foydalaniladi; unda temperaturaning oʻzgarishi gaz bosimining oʻzgarishiga mutanosib yuz beradi. Gaz termometr vositasida temperatura 2 dan 1300 K gacha oraliqda oʻlchanadi. Bunda erishish mumkin boʻlgan aniqlik 3-10-3-2-10-z Kni tashkil qiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |