Gaz ruli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz ruli — samolyotlar, raketalar, kosmik kemalar va b. uchish apparatlarini boshqarish uchun moʻljallangan qurilma. Parvozning havo ruli uncha samara bermaydigan qismida (koʻtarilish va pasayishda, uchishning dastlabki uchastkalarida, havosiz boʻshliqlarda) qoʻllaniladi. Tuzilishi juda oddiy (gaz oqimining tortish yoʻnalishini oʻzgartiradigan plastina) hamda murakkab (shakldor soploli apparat) boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil