Gaz ballonli avtomobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz ballonli avtomobil - siqilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazlarda ishlovchi avtomobil; gaz ballonlari avtomobil shassisiga, baʼzan tepasiga oʻrnatiladi. Tabiiy gazlar, neftni qayta ishlash va qazib olishda olinadigan gazlar va toshkoʻmirni qayta ishlab olinadigan koks gazlari siqilgan holatda boʻladi. Siqilgan gaz ballonga 20 MN/m2 gacha bosim bilan haydaladi. Suyultirilgan gazlar: propan-butan va propilen-butilen odatdagi temperaturada suyultirilib, ballonlarga 1,6 MN/m2 bosim bilan haydaladi; suyultirilgan metan gaz atmosfera bosimida va —161,3° temperaturada suyultirilib, 1 MN/m2 bosim bilan izotermik ballonlarga haydaladi. G.b.a.ning suyuq yonilgʻida ishlaydigan avtomobillardan afzalligi shundaki, bunda dvigatel detallari kam yeyiladi, qisish darajasini oshirish hisobiga dvigatel quvvatini oshirish imkoni boʻladi, yonilgʻi tejaladi, dvigateldan chiqadigan gazlarning zaharliligi kamayadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil