Gaz analizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz analizi — analitik kimyoning bir sohasi. Bunda gaz aralashmalarining tarkibi sifat va miqdor jihatdan aniklanadi. Gaz aralashmasini analiz qilishda kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullar qoʻllaniladi. Kimyoviy reaksiyalarga asoslangan usulda gaz aralashmasida qanday moddalar borligini bilish uchun u maxsus reagentlar (yoki reagent shimdirilgan qogʻozlar)dan oʻtkaziladi. Masalan, gaz aralashmasida vodorod sulfid borligini bilish uchun aralashma qoʻrgʻoshin atsetat eritmasi (yoki oʻsha eritma shimdirilgan qogʻoz)dan oʻtkaziladi. Aralashmada vodorod sulfid boʻlsa, reagent (yoki qogʻoz) qorayadi. Gazlar miqdorini aniqdash uchun aralashma yutuvchi moddalar solingan maxsus idishlardan oʻtkaziladi. Eritma solingan idishning tajribadan avvalgi va keyingi ogʻirligi solishtirilib, yutuvchi moddaga qancha gaz yutilganligi aniklanadi. Metallurgiya, kimyo sanoati va neftni qayta ishlash sanoatida yonish jarayonlarini nazorat qilishda maxsus adsorbsion yoki absorbsion xromatograf qurilmalaridan foydalaniladi. Tarkibi nomaʼlum gaz aralashmasi analiz qilinishi uchun maʼlum hajmli maxsus idishlardan avtomatik gaz analizi yurituvchi biron bir sof inert gaz (maye, N2, Ne, Ag)da suyultirilib tarkib va koʻrsatgichlari oldindan maʼlum boʻlgan sorbentlardan oʻtkaziladi. Tabiiyki turli yutilish hajm va sifat koʻrsatkichlarga ega boʻlgan har bir gaz boshqalari bilan aralashmalarda vaqg va hajm birligi miqdorida ushbu sorbentdan ajralib toʻxtalib oʻtadi va sezgir qurilmalardan oʻtganda bajaruvchi mexanizmlar oʻta aniqpik bilan uni yozib oladi. Zamonaviy xromatograflar EHM yordamida mukammallashgan boʻlib, ular gazlar yordamida gaz va uglevodorodlar aralashmalarini 0,1—1,0% gacha aniqlik bilan analiz qilish imkoniyatini beradi (qarang Gaz analizatori). Gaz aralashmasini aniqlash uchun usulni tanlash gaz aralashmasining taxminiy tarkibiga bogʻliq. Fan va texnikada gaz analizi usulining aniklik, sezgirlik darajasi va aniqlanish tezligi muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil