Gavayi tili
Qiyofa
Gavayi tili — gavayiliklar tili. Gavayi o.larida tarqalgan polineziya tillaridan biri. Yevropaliklar hamda shim. amerikaliklar kelgunga qadar orol aholisi faqat shu tilda soʻzlashgan. G.t.boy ogʻzaki adabiy ijodga ega boʻlgan, ammo 19-asr 1-yarmidan unutila boshlagan. G.t. 19-asr 1-yarmidan lotin alifbosiga moslangan va bu yozuvda birinchi gaz. chiqadi (1834). Gavayi o.la-rining AQSH tomonidan anneksiya qilingani tufayli (1898) G.t.da faqat orolning polinez aholisining avlodlari — gavayilik etnik guruhlar va ularning kupchiligini tashkil etgan metislar (175 ming kishi; 1992) kundalik turmushda soʻzlashadilar, xolos. Hoz. gavayiliklarning aksariyat qismi ingliz tilida soʻzlashadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil