Gavar gaz-neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gavar gaz-neft koni - Saudiya Arabistonida joylashgan gaz-neft koni (Fors koʻrfazidagi neft-gazli havzaga mansub). Xufuf sh.dan 20 km gʻarbda. Dunyodagi eng yirik kon. 1948-yilda ochilgan. 1951-yildan ishga tushirilgan. Gaz-neft uyumi 1,5–3 km chuqurlikda joylashgan. Neftning dastlabki zaxirasi 10,14 mlrd. t, gazniki 1,01 mlrd.m3. Oʻlchami 16—25x230 km, amplitudasi 370 m ga teng koʻtarilmasimon balandlikda joylashgan. 5 ta kichik doʻngliklar bilan murakkablashgan. Uyumlar qubbali qatlamda. Arab jubayla, druma svitalari gaz-neftli ohaktoshlari 1550–2050 m chuqurlikda joylashgan. Gaz uyumi konning jan. chekkasida 3000 m. chuqurlikda perm davri yotqiziqlaridan topilgan. Qalinligi 50 m ga teng kalkarenitli va oolitli ohaktoshlardan tashkil topgan yotqiziqlar neftga juda boy. Qatlamning dastlabki bosimi 22,5 mPa, oʻtkazuvchanligi 800—1500 mD. Neftni zichligi 850–865 kg/m3, qovushqoqligi 6,1—6,6 mPa-s. Kondan 322 ta favvora berayotgan burgʻi quduqlaridan gaz va neft olinmoqda. Bir yilda qariyb 280 mln. t neft olinadi. Neft va gaz uzatuvchi quvurlar orqali Ras-Tannura (Fors koʻrfazi qirgʻogʻi) va Yanbo (Qizil dengiz qirgʻogʻi) portlariga joʻnatilmoqda. AQShning "Aramko" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil