Gausmanit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gausmanit (nemis mineralogi I. F. L. Gausman nomidan, 1782—1859) — murakkab oksidlarning kichik sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi MnMiijO^ Tarkibida 31% MpO va 69% Mp2O3 bor. Qoʻshimchalari Gʻe, Zn, Va, Mg, Sa va b. Tetragonal singoniyali. Odatda zarrali agregatlar, baʼzan oktaedr shaklidagi kristallar holida. Rangi qora. Qatgiqligi 5—5,5. S. of. 4,7— 4,9 g/sm3. Metamorflashgan choʻkindi, kontakt-metasomatik va gidrotermal marganes konlarida hosil boʻladi. Braunit, magnetit, gematit, barit, psilomelan, pirolyuzit, vad minerallari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Qurama tizmasida (Qoʻrgʻoshinkon, Sartaboʻ-tkon), va Qoratepa togʻlarida (Taxtaqoracha) marganes konida bor. Uraldagi baʼzi bir (Sapalsk) va Qozogʻistondagi (Nayzatas) marganes konlarining asosiy ruda hosil qiluvchi minerali. Sanoat ahamiyati kam. Qora metallurgiyada ferromarganes olishda yoki choʻyan eritishda shixtalash uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil