Gaubitsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaubitsa (chex. houfnice — toshotar) — harbiy (dala) artilleriya tarkibiga kiruvchi 100 mm va undan ortiq kalibrli artilleriya kuroli. U 65° burchak hosil qilib, yuqoriga va ochiq joylardagi nishonga otishga, shuningdek yopiq (transheya, kuzatuv punktlari va b.) hamda dala mudofaa inshootlari (blindaj, pana joylar, yopiq transheyalar va b.)ni oʻqqa tutishga moʻljallangan. G. stvoli (nili) kaltaligi, oʻqi uzoqqa bormasligi (17 km dan oshmaydi), tezotarligi (minutiga 1—6 gacha otishi) bilan oddiy zambaraklardan farqqiladi (yana q. Zambarak).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil