Gastroduodenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gastroduodenit - meʼda va oʻn ikki barmoq ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. G. koʻpincha gastrit, meʼda yarasi (qarang Yara kasalpigi), pankreatit bilan ogʻrigan, shuningdek meʼdada oʻsadigan mikrob Helicobacter pylori va har xil gijjalari (lyambliya, askarida va b.) bor kishilarda uchraydi. Oʻtkir va surunkali G. farq qilinadi. Oʻtkir G .da bemorning koʻngli ayniydi, qusadi, ichi ketadi, toʻsh osti soxasida ogʻriq boʻladi. Oʻtkir G.ning vaktida oldi olinmasa, u surunkali shaklga oʻtadi. Surunkali G .da meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichak yarasi kabi kasalliklarning belgilari kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va belgilariga qarab tayinlanadi. Kasallikning oldini olishda uning il k belgilari namoyon boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish muhim. Helicobacter pylori mikrobiga qarshi antibiotiklar, metronidazol va depol kabi dorilar ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil