Garrik Deyvid
GARRIK (Garrick) Deyvid (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, Eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida maʼrifiy realizm asoschisi va sahna islohotchilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovchi vosita deb hisoblagan. 1742—76-yillar "Druri-Leyn" (London) teatrida ishlagan. U Shekspir asarlarida bosh rollar (Hamlet, Otello va b.)ni oʻynab shuhrat qozongan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |