Kontent qismiga oʻtish

Garri Potterdagi sehrli buyumlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyidagil buyumlar Garri Potter filmi va kitoblaridagi kitobiy, fantastik va sehrgarlik olamidagi buyumlar bo'lib film seriyalarida foydalanilgan.   

Harry Potter va Feniks ordeni filmida Germiona Grenjer Dabledor armiyasi (DA) a'zolar orasida aloqa qilish uchun ishlatiladigan, qalbaki sehrli galeonlarni (sehrgarlar puli) yaratadi. Sehrlanmagan galeonlar kabi, bu tangalar burchagida ham raqamlar bor[1]. Sehrlanmagan galeonlarda bu raqamlarda bu tangani yasagan goblinni anglatadi, sehrlangan galeonlarda esa bu raqamlar Da jamoasining yig'ilish vaqtini va sanasini bildiradi. Tangalardagi raqamlar o'zgartirilganida bu haqida a'zolarga bildirish uchun tangalar qiziydigan qilingan. DA a'zolari tanga qizigan vaqtda unga qarab yig'ilish vaqtini bilib olishlari mumkin bo'lgan.

Harry Potter va tilsim shahzodasi qismida Drako Malfoy ham sehrlangan juft tangalardan yaratib ulardan foydalanib Hogwarts sehrgarlar va afsungarlar maktabidagi aloqa cheklovlarini buzib o'tadi va shu orqali Imperius la'nati bilan Madam Rozmerta bilan aloqada bo'ladi. Drakoning aytishicha u bu narsani yasash uchun Germionadan va Lord Voldemortning o'z hizmatkorlarini chaqirishda foydalaniladigan taturovkadan ilhomlanib yaratgan.

  1. Quinn. „Could You Afford to Live in the World of Harry Potter?“ (en). MoneyWise. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.