Garovdagi qiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taken

Film posteri
Rejissyor(lar) Pierre Morel
Prodyuser(lar) Luc Besson
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Nathaniel Méchaly
Kinematografiya Michel Abramowicz
Muharrir(lar) Frédéric Thoraval
Studiya(lar)
Distribyutor EuropaCorp Distribution (Fransiya
20th Century Fox (xalqaro)
Chiqarilgan sanasi
  • 27-fevral, 2008-yil(2008-02-27) (Fransiya)
  • 30-yanvar, 2009-yil(2009-01-30) (AQSh)
Davomiyligi 90 daqiqa[1]
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya[2][3]
Til inglizcha
Byudjeti $25 million[4]
Daromadi $226,8 million[4]

Garovdagi qiz (inglizcha: Taken) — rejissor Pierre Morel tomonidan suratga olingan jangari-triller film. Filmning xalqaro premyerasi 2008-yilning 27-fevralidaʼ boʻlib oʻtdi. 2010-yilda „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasida Saturn mukofotiga nomzod boʻldi.

Garovdagi qiz kinotanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Bir qator ommaviy axborot vositalari ushbu filmni Liam Neeson karyerasida burilish nuqtasi boʻlib xizmat qilib, uni jangari film yulduziga aylantirdi, deb atashdi[5][6][7].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turmush oʻrtogʻi Lenore (Famke Janssen) bilan ajrashgan isteʼfodagi Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Bryan Mills (Liam Neeson) qizi Kim (Maggie Grace) ga yaqinroq boʻlishga haraka qilardi. Onasini soʻzlariga qaraganda, 12 yoshida qoʻshiqchi boʻlishni istagan, 17 yoshida otasidan karaokeni mamnuniyat bilan qabul qilib olgan qiz esa onasi va badavlat oʻgay otasi Styuart Sent-Jon (Xander Berkeley) bilan yashardi. Bryan hozirda bir nechta hamkorlari bilan birgalikda xususiy xavfsizlik faoliyati bilan shugʻullanadi va xalqaro yulduzlar ishtirokidagi yirik konsertlar xavfsizligini taʼminlash va shunga oʻxshash boshqa bir martalik vazifalarni bajarish uchun qisqa muddatli shartnomalar tuzadi.

Doʻstining taklifiga koʻra, Bryan mashhur estrada qoʻshiqchisi Sheerah (Holly Valance) ga qoʻriqchi vaqzifasiga ishga kiradi va fursatdan foydalanib Sheerahdan qizining qoʻshiqchi boʻlmoqchiligini aytadi va maslahat soʻraydi. Tannoz qoʻshiqchi esa boshqa hunar topishi kerakligini aytib, otaning hafsalasini pir qiladi. Bryan bir konsert davomida qoʻshiqchini pichoqlamoqchi boʻlgan muxlisdan qutqaradi. Sheerah unga vokal oʻqituvchisi Jiuning telefonlarini beradi, uning xizmatlari va qutqargani uchun minnatdorchilik bildirib, unga xizmat haqini beradi. Bryan ertasi kuni telefon raqamni Kimga berishga qaror qiladi, lekin Kim kutilmaganda otasidan 19 yoshli dugonasi Amanda (Katie Cassidy) va uning amakivachchalari bilan Parijga sayyohlik safari uchun ruxsatnomaga qoʻl qoʻyib berishini soʻraydi, chunki u hali qonuniy yoshga yetmagandi. Bryan istamay rozi boʻlib, bir nechta shartlarni qoʻyadi — ular qoladigan joyning manzili va telefon raqami, koʻchib oʻtayotganda, albatta otasiga qoʻngʻiroq qiladi, qayerda va kim bilan ekanligini aytadi, qoʻnayotganda va har kecha yotishdan oldin qoʻngʻiroq qiladi. Qizini aeroportga olib kelgan Mills, toʻsatdan qizlar aslida U2 rok musiqa guruhi ortidan muhlis sifatida Yevropa boʻylab sayohat qilishlarini bilib oladi. Lenore bu haqda bilar edi, lekin Kimning yolgʻonini qoʻllab-quvvatladi, chunki u Bryanni vahimachi va xudbin, uning uchun markaziy razvedka boshqarmasida ishlash oiladan muhimroq edi deb hisoblardi.

Parijdagi Charles de Gaulle aeroportiga yetib kelgach, Kim va Amanda taksida yurishni taklif qilgan kelishgan yosh fransuz yigiti — Piter bilan tanishadilar. Qizlarni uyga kuzatayotib Piter uyali telefonga qoʻngʻiroq qiladi va qizlarning qayerdaligini hamtovoqlariga xabar qiladi. Kim Amanda uni aldaganini va uning amakivachchalari aslida Ispaniyada ekanligini bilib oladi. Amanda esa jozibali notanish yigit bilan kechani birga oʻtkazishga qaror qiladi, yigitga toʻla toʻkis uy manzilini beradi va u bilan hayrlashadilar. Shundan soʻng qizlar baland ovozda musiqa tinglashadi, bu esa bir muncha vaqt Bryanning qoʻngʻirogʻini eshitishga toʻsqinlik qiladi. Telefonda gaplashish mobaynida, qiz nomaʼlum odamlar kvartiraga bostirib kirganini va uning doʻstini oʻgʻirlab ketishayotganini koʻradi. Otasining koʻrsatmalariga amal qilib, signalni kuchaytirish uchun karnaydan foydalanib, u karavot ostiga yashirinadi, bosqinchilar Kimni ham topishadi, u esa oʻgʻirlab ketuvchilarotasiga taʼriflab berardi — „moʻylovi, 6 fut, oʻng qoʻlida oy va yulduzli tatuirovka tasviri bor“. Telefonda nafas olishini eshitgan Mills jinoyatchiga tahdid soladi, bunga javoban „Omad tilaymiz“, degan gapni eshitadi va uni yozib oladi.

Bryan yozuvni oʻzining doʻsti va oldingi ishdagi hamkasbi Sem Gilroyga (Leland Orser) beradi, u zoʻravonni aslida Tropoyadagi alban savdogarlariligini, qizlarni oʻgʻirlashda ishtirok etgani va ularning rahbari Marko deb atalishini aytadi. Endi Kimning butunlay gʻoyib boʻlishidan oldin Bryanda atigi toʻrt kun bor edi. Mills politsiyaga bormaslikka, qizini oʻzi qutqarishga qaror qiladi. U Styuartdan Parijga samolyot soʻraydi.

Parijga kelgan Mills deraza orqali kvartiraga kiradi va oʻgʻirlash suratini aqliy ravishda qayta tiklashga harakat qiladi. Singan oynada oʻgʻrilarning qora sochtolasini topib, Kimning buzilgan telefonidan xotira kartasini oladi va fotosuratlardan birida toʻsatdan Piterning yuzi aeroportdagi bilbordda aks etganini koʻradi. Piter esa allaqachon boshqa qurbonni domiga ilintirmoqchi edi, ammo Mills kuzatuvchi topib, uni mashinaga tashlaydi va kaltaklay boshlaydi. Yigitni sherigi qutqarib qoladi, u Bryan bilan janjallashishga majbur boʻladi, bu esa unga qochib qolishga imkon beradi. Koʻprikdan yoʻlga sakrab chiqayotib, uni yuk mashinasi urib yuboradi.

Mavjud vaqtning 16 soati allaqachon oʻtdi. Bryan doʻsti — fransuz razvedkasi agenti, hozirda ichki xavfsizlik boʻyicha direktor oʻrinbosari — Saint-Clair Pitreldan yordam soʻraydi (Olivier Rabourdin). U Bryanga alban fohishalik tarmogʻi joylashgan mahalliy Red Light tumani haqida maʼlumot beradi, lekin unga bu guruhga burnini suqmaslikni maslahat beradi. Bryan esa oʻz bilganidan qolmay, ishsiz Gregor Miloshevichni (Goran Kostić) tarjimon sifatida yollaydi, u oʻzini janob Smit sifatida taqdim etadi va fohishalardan birini soʻroq qilib, uning sutenyori Donni aralashishga majbur qiladi. Gregor tarjima qilishni boshlaydi, lekin suhbatlari qurilish maydonchasidagi fohishaxona haqidagi maʼlumotlardan tashqari hech qanday qiziqarli narsani oʻrganish mumkin emasdi. Miloshevich ketishdan oldin Millsga inglizcha-albancha lugʻat beradi.

Bryan Don aytgan qurilish maydonchasidagi vaqtinchalik fohishaxonani qidirib topadi va u yerda Kimning koʻylagi borligi maʼlum boʻlgan giyohvand qizlardan birini soʻroq qiladi. Shundan soʻng otishma fohishaxona operatorlari va taʼqibdan boshlanadi. Mills mashinalardan birini yer tishlatishga muvaffaq boʻladi, ikkinchisi ustunga uchib ketadi, uchinchisining old oynasiga qum tashlaydi, Don esa qochishga chogʻlanadi. Qizni mehmonxonaga olib borgan Bryan uni tomchilatib davolaydi va detoksifikatsiya malhamini beradi. Ertasi kuni Jean-Claude bogʻda Mills uchun uchrashuv tashkil qiladi, ammo Mills bu hiylaga aldanmaydi. Pitrelning xabar berishicha, uning xoʻjayini Bryanni hibsga olmoqchi boʻlgan, lekin uni haydab chiqargan — u bugun ketishi kerak. Biroq, 56 soat qolgan Bryanning qarori aniq edi.

Oʻziga kelgan qizning aytishicha, Kim oʻgʻirlab ketilgan qizlar saqlanadigan qizil eshikli uyda unga kurtka bergan. Jean-Claude qiyofasida boʻlgan Mills toʻdaning qarorgohiga tashrif buyuradi va politsiyaga qoʻngʻiroq qilish vaji bilan ularni shantaj qiladi va rahbari bilan uchrashish yoʻlini qidiradi. U shart qoʻyadi — bir yil ichida foydaning 20 foizi, shundan soʻng u xuddi shunday tatuirovka bilan oʻtirgan moʻylovli jinoyatchilardan qaysi biri Marko Xoxa ekanligini bilib oladi va ulardan biriga qogʻozdagi „Omad tilaymiz“ soʻzini oʻqishga undaydi. Bryan Markoni yiqitadi va boshqalarni oʻldiradi, shundan soʻng u xonalardan birida haddan tashqari koʻp dozadan oʻlgan Amandani topadi. Marokkoning oyoqlariga mix qoqib, oʻsha mixlar orqali elektr toki berish yordamida u Markodan (Arben Bayraktaray) qaroqchilar bokira qizlarni saqlamasligini, ular orasida Kim ham uning hayotini saqlab qolganligini bilib oladi: ular kemadagi yashirin auksion orqali badavlat xaridorlarga kanizak sifatida sotilishini biladi. Auksion esa Patris Saint-Clairga tarafidan oʻtkazib kelinardi.

Maʼlum boʻlishicha, doʻsti Pitrel shuncha vaqt davomida jinoiy faoliyatni yashirgan. Bryan uning uyiga tashrif buyuradi, Jean-Claudening qurolini tushiradi, xotinining yelkasiga yengil jarohat yetkizadi va bitim qayerda boʻlishini bilib oladi, shundan soʻng u Saint-Clair qoʻl ostida boʻlib oʻtadigan auksionga kirib oladi. U ofitsiant qiyofasiga kirib, sotilayotgan qizlarni kuzatadi, oxirgisi esa Kim boʻlib chiqadi. Mijozlardan birining vakili Alini nishonga oladi va uning qizini 500 ming AQSH dollariga sotib oladi, xonadan chiqayotib ogʻir zarbadan esankirab qoladi. Saint-Clair (Gérard Watkins) bosqinchini oʻldirishni buyuradi, ammo tebranish trubkasi tufayli Bryan boʻgʻilishdan qochib, oʻzini ozod qilishga muvaffaq boʻladi. Qoʻrqib ketgan millioner muzokaralar olib borishga harakat qiladi, lekin endi juda kech edi. Oʻlimdan oldin u Kimni sotib olgan Shayx Ramanga tegishli kema haqida xabar beradi. Mehmonlar koʻtarilgan liftda tashkilotchining jasadini koʻrishdan dahshatga tushishadi.

Mills ziyofatdagilardan birining mashinasini olib qochadi va yaxtaga yetib oladi. Koʻprikdan unga sakrab, qoʻriqchilarni uslubiy ravishda oʻldiradi. Ali bilan jang paytida Bryan oyogʻi bilan oʻzining tortiladigan pichogʻini Alining oshqozoniga uradi, xona eshigini ochganida Kimning tomogʻiga xanjar tiragan shayxni koʻradi va boshiga aniq oʻq uzib uni oʻldiradi. Qizi otasining koʻradi va koʻkragiga oʻzini otib yigʻlaydi. Quvonchli Lenore va Styuart ularni keyinroq aeroportda kutib olishadi.

Qaytganlaridan soʻng, Bryan qizi Kimni Sheerahni uyiga olib keladi, u qiz uchun sinov vokal darsini tashkil qiladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luc Bessonning Europacorp kompaniyasi tomonidan olib borilgan suratga olish ishlari asosan Parijda va qisman Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Film namoyishida koʻrsatilgan diqqatga sazovor joylar: Los-Anjeles aeroporti, Staples markazi, Eiffel minorasi, Charles de Gaulle aeroporti va Parijdagi Pont des Arts.

Filmni ayrim sahnalarini 20th Century Fox[8] talabiga koʻra, PG-13 reytingi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarida ekranlarga chiqishi uchun montaj paytida Pierre Morel kesishga majbur boʻldi. Misol uchun, tahrirlangan versiyada Markoning oyogʻiga mix qoqilgan va elektr yuborilishi bilan soʻroq qilinishi sahnasi, Saint-Clairning uyi podvalidagi qotillik sahnalari sezilarli darajada kesilgan. 20th Century Fox keyinchalik asl nusxasini DVDda „kengaytirilgan kesish“ nomi ostida chiqarib yuboradi, u kinoteatrlarga chiqmadi[9].

Kassa yigʻimi va reaksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQShda dam olish kunida boʻlib oʻtadigan ushbu film mamlakatdagi mashhur sport tadbirlaridan biri — Superkubok jarayonida ekranga chiqarildi. Shunga qaramay, film ochilishi dam olish kunlarida $9,4 million yigʻadi va Super Bowl Weekend davomida sahnaga qoʻyilgan eng yuqori daromad keltiruvchi film nominatsiyasi boʻyicha rekord oʻrnatdi. Film jami boʻlib 225,4 million dollar (AQSh va Kanadada $145 million va boshqa mamlakatlarda $80,4 million) sof daromad keltirdi.

Baʼzi tanqidchilar film mazmunan irqchilik, islomofobiya va albanlar, arablarga nisbatan salbiy munosabatni uygʻotadi, deb taʼkidlashadi[10][11][12]. Daily Telegraph nashri esa filmni „arablar va sharqiy yevropaliklarning irqchi stereotipi“ deb atadi[13].

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba:[14][15]

Taken (Original Motion Picture Soundtrack)
NomiDavomiyligi
1.„Opening“0:52
2.„Change“ (Joy Denalane va Lupe Fiasco)4:12
3.„Permission to Go to Paris“1:11
4.„Heading Off“1:10
5.„The Concert“0:53
6.„There's Somebody Here“3:22
7.„Pursuit at Roissy“1:07
8.„On the Rooftop“1:40
9.„Ninety Six Hours“6:01
10.„The Construction Site“2:04
11.„Pursuit at the Construction Site“1:25
12.„Saving Alex“1:14
13.„Escape From St Clair“1:38
14.„Tick Tick, Boom“ (The Hives)3:24
15.„Hotel Camelia“1:38
16.„The Auction“1:38
17.„Pursuit by the“3:15
18.„On the Boat“1:05
19.„The Last Fight“1:52
20.„The Dragster Wave“ (Ghinzu)6:09
Jami davomiyligi:45:50

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Home›Releases›TAKEN“. Bbfc.com. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
  2. „Taken“. Variety (2010-yil 4-aprel). 2012-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
  3. Buchanan, Jason. „Taken“. Allrovi. 2011-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-aprel.
  4. 4,0 4,1 „Taken (2009)“. Box Office Mojo. IMDB. Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.
  5. Weinstein, Joshua L. „Liam Neeson Is an Action Star -- 'The Grey' Proves It“. TheWrap.com (31-yanvar 2012-yil). 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  6. Rich, Katey „First Look At Liam Neeson Breaking Necks In Taken 2“. Cinema Blend (17-may 2012-yil). Qaraldi: 6-iyul 2012-yil.
  7. Pearson, Ben „Liam Neeson Kicks More Ass in International Trailer for 'Taken 2'“. Myspace (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 6-iyul 2012-yil.
  8. Exclusive: Pierre Morel Talks Taken (Wayback Machine saytida 7-oktabr 2012-yil sanasida arxivlangan) from ComingSoon.net
  9. Taken (2009) (2-Disc Extended Cut) Review from IGN
  10. http://www.timeout.com/film/reviews/85680/taken.html Taken (2008)
  11. http://criticafterdark.blogspot.com/2009/03/taken-pierre-morel-2009.html Critic After Dark
  12. „Архивированная копия“. 2011-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2011-yil. Morel’s latest not Taken in
  13. http://www.telegraph.co.uk/culture/film/filmreviews/3561225/Review-Redbelt-and-Taken.html Review: Redbelt, and Taken
  14. „Taken (Original Motion Picture Soundtrack)“. amazon.com. Qaraldi: 6-fevral 2015-yil.
  15. „Taken Soundtrack“. cduniverse.com. Qaraldi: 7-fevral 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]