Garmonik analizator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Garmonik analizator (matematikada) — davriy funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va integrallar bilan ifodalash koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday G.a. tarkibiga kiritish qurilmasi, koʻpaytirish qurilmasi va integrallash qurilmasi kiradi. G.a.ning asosiy koʻrsatkichlari: beriladigan funksiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljish va b.), garmonikaning eng katta nomeri, bir yoʻla hisoblanadigan koeffitsiyent soni. Mexanik, elektrik, optik va b. xillari bor. Mexanika, radiotexnika, elektrotexnika, akustika va b. sohalarga oid masalalarni yechishda ham qoʻllaniladi. Mexanik G.a. amalda keng ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil