Garmonik analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Garmonik analiz - mat.ning funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va trigonometrik integrallar bilan ifodalashga bagʻishlangan boʻlimi. Davri 2ti boʻlgan ixtiyoriy davriy / (x) tekis funksiyani trigonometrik qator shaklida tasvirlash mumkin. Fan va texnikaning koʻp sohalarida, ayniqsa, matematik fizikada G. a. katta oʻrin tutadi. Mas, tor, membrana, elastik sterjenlarning tebrani-shiga doyr masalalarni hamda issiqlik oʻtkazish tenglamasini matematik fizikada G.a. (Furye metodi) yordamida yechish mumkin. Turli funksiyalarni trigonometrik qatorlar va integrallar orqali ifodalash masalasi bilan G. Riman va A. Lebeg ham shugʻullanishgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil