Gardman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gardman (Gardaboni) — Kavkaz Albaniyasi hududidagi knyazlik; mil. 4-asr dan maʼlum. Savdo yoʻllari tutashgan yerda geografik jihatdan qulay joylashuvi G.ning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga imkon bergan. G. sosoniylarta tobe boʻlgan. 6-asr oxiri — 7-asr boshlarida, mehroniylar sulolasi davrida G. yuksalgan. Mehroniylar mustahkam G. qalʼasini qurdirganlar va Bardaa sh.ni qoʻshib olish hisobiga oʻz mulklarini kengaytirganlar. Poytaxt G. qalʼasidan Bardaaga koʻchirilgan. G.ning eng kuchli hukmdorlaridan biri Javonshir boʻlgan. Uning avlodlari aranshoh unvoni bilan atalgan. G. hokimlari sosoniylar, soʻngra arablarga qarshi mustaqillik urushlari olib borganlar. 8-asr boshida butun Ozarbayjon kabi G. ham Arab xalifaligi tomonidan zabt etilib (705) mehroniylar hokimiyati tugatilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil