Garder bezi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Garder bezi (Glandula nictitans) — quruqlikda yashovchi kupchilik umurtqali hayvonlar koʻzidagi pirpiratuvchi parda bezi. Muguz pardani moylab turadigan yogʻli modda ajratadi. Kupchilik hayvonlarda G. b. pastki qovoqning ichida (burun tomonda) kuz burchagida joylashgan. G.b. tuproq ichida yashovchi sudralib yuruvchilar (mas, amfisbenlar va kur ilonlar)da yaxshi rivojlangan. Koʻpchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamda reduksiyaga uchragan. Bezni birinchi marta Shveysariya anatomi I. Garder bugʻularda tasvirlab bergan (1694).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil