Gaplologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaplologiya (yun. haplóos — yakka, oddiy va logiya) — soʻzdagi ketma-ket kelgan ikki bir xil yoki oʻxshash fonetik tarkibli boʻgʻinlardan birining tushib qolishi. Bu hodisa soʻz yasalishi, koʻproq qoʻshma soʻz yasalishi jarayonida kechadi. Masalan, "qayn" va "ini" soʻzlaridan "qaynini" qoʻshma soʻzi yasalgan, yonma-yon kelgan bir xil boʻgʻinlardan bir "ni" boʻgʻini tushib qolgan: qayii. Bu chet tilidan oʻzlashgan soʻzlarda ham kuzatiladi: mineralologiya mineralologiya soʻzidagi bitta "lo" boʻgʻini qisqarib, "mineralogiya" shaklida talaffuz etiladi. G. koʻproq ogʻzaki nutqda, ayniqsa tez gapirganda, baʼzan adabiy tilda ham uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil