Pavel Gan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gan Pavel Viktorovichdan yoʻnaltirildi)

Pavel Viktorovich Gan (1894.29.6, hozirgi Sebej sh., Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928-yilda Oʻrta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935-yildan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida darc bergan (1936—57). Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari ("Chirchiq vodiysida", 1952; "Togʻ oqshomi", "Oqshom", 1956; "Chimyon etagida", 1957) aks ettirilgan. Koʻplab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulugʻlagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil