Gamma tunlami
Gamma tunlami (Phytometra gamma L.) — tunlamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 40–48 mm; oldingi qanotlari toʻq qoʻngʻir yoki kulrangroq boʻlib, yunon harfi — gamma (u) shaklidagi kumushsimon dogʻi bor (nomi shundan); Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. yerlarda tarqalgan. Juda koʻp ekinlar: dukkaklilar, sabzavot, makkajoʻxori va b.ni zararlaydi. Tuxumi tiniq oq, yarim shar shaklida, radial joylashgan qirralari bor. Qurti (uz. 40 mm cha) yashil rangda, uch juft qorin oyoqlari bor (shu bilan boshqa tunlamlarpyan farqlanadi). Kurt, gʻumbak va kapalak holida qishlaydi. G.t. larining koʻplab uchib chiqishi harorat 20° va undan ortiq boʻlganda kuzatiladi. Kapalaklari tuxumini 1—2 tadai (hammasi boʻlib 500—1400 gacha) begona oʻtlar, shuningdek yoʻngʻichqa, noʻxat, sholgʻom, kartoshka va b. oʻsimliklarning bargi orqasiga qoʻyadi. Yiliga 2—5 avlod beradi. Bir avlodning rivojlanish davri 25—45 kun. Sernam yillari G.t. juda koʻpayib, ekinlarga sezilarli zarar yetkazadi.
Kurash choralari: yerlarni kuzda haydash, urugʻni oʻz vaqtida ekish, begona oʻtlarni yoʻqotish, qator oralariga ishlov berish; 1 m2 yerdan 2—3 qurt topilganda 80% li texnik xlorofos (1 kg/ga) purkash; tuxum qoʻyish davrida ikki marta ekinzorga 20—50 ming/ga hisobida trixogramma qoʻyish.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |