Gamma-globulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gamma-globulin (u-globulin) -qon zardobi oqsilining tarkibiy qismi; tarkibida kasallik kuzgʻatuvchi turli xil mikroorganizmlarni neytrallaydigan immunoglobulinlar boʻladi. "G.-g ." terminini birinchi marta Shvesiya kimyogari A. Tiselius kiritgan (1937).

G.-g . viruslar, bakteriyalar va b.ni zararlab nobud qiladi, shuning uchun bolalarda uchraydigan virusli va infeksion kasalliklar (qizamiq, koʻkyoʻtal, epidemik gepatit, poliomiyelit va h.k.)ni davolash, shuningdek jarrohlik operatsiyalaridan keyingi yiringli asoratlarning oldini olish (stafilokokka qarshi G.-g .) maqsadida ishlatiladi. G.-g . donor qonidan yoki platsentar qon (tuqqandan keyin yoʻldoshdan chiqadigan qon)dan, preparatlari esa maʼlum kasallik bilan ogʻrib tuzalgan kishilar yoki maxsus vaksina yuborilgan hayvonlar (koʻpin-cha ot) qonidan olinadi. Bemorlar bilan muloqotda boʻlgan yoki kasallikni oʻziga yuqtirgan kishilarga profilaktika maqsadida muskul orasiga yuboriladi. G.-g . taʼsirida kasallik yengil kechadi va asoratlar qolmaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil