Kontent qismiga oʻtish

Galitsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Galitsiya — Gʻarbiy Ukraina va Polsha yerlari bir qismining (Ukrainaning hozirgi Ivano-Frankovsk, Lvov, Ternopol viloyatlari, Polshaning Jeshuv va Krakov voyevodaligining katta qismi) tarixiy nomi. Rech Pospolitattt 1- (1772-yil, Sharqiy G.) va 3- (1795-yil, Gʻarbiy G.) boʻlinishi natijasida Avstriya imperiyasi tomonidan egallab olingan. 1772—1918-yillarda Gabsburglar imperiyasi viloyati (rasmiy nomi — Krakov buyuk gersogligi bilan birgalikdagi Galitsiya qirolligi va Lodomeriya) boʻlgan. 1918-yildan Polsha tarkibida. Sharqiy G. 1939-yildan Ukraina tarkibiga qoʻshilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil