Galina Zagurskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galina Nikolayevna Zagurskaya (1905.27.4, Irkutsk- 1978.16.11, Toshkent) — aktrisa va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Irkutsk balet maktabini tugatgan (1922). 1937 yildan Toshkentda, M. Gorkiy teatrida aktrisa. Yaratgan obrazlari psixologik chuqur va joʻshqinligi, harakat va nutq madaniyatining mukammalligi bilan harakterlanadi. Ijobiy va salbiy, fojiaviy va hajviy rollarni bir xilda mahorat bilan ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Varvara, Kruchinina ("Momaqaldiroq", "Aybsiz aybdorlar"), Yelena, Vasilisa Karpovna ("Meshchanlar", "Tubanlikda"), Anna Karenina ("Anna Karenina"), Ranevskaya ("Olchazor"), Saburova ("Yagona guvoh"), Diana ("It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi"), Mirandolina ("Mehmonxona bekasi"), Jamila, Maysara ("Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi"), Toʻlgʻanoy ("Momo yer") va b. Rej. sifatida "Etik kiygan mushuk", "It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi", "Jizzaki", "Kichkintoy Dorrit", "Uch xapdori" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil