Galina Shamray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamray Galina Yakovlevna (1931.5.10, Toshkent) — gimnastikachi, xizmat koʻrsatgan sportchi (1954). Toshkent ped. institutini tugatgan (1952). Sport gimnastikasi boʻyichajamoa hisobida olimpiada oʻyinlari chempioni, yakka musobaqada esa kumush medal sovrindori (1952, Xelsinki), jahonning mutlaq chempioni (1954, Rim). 1956-yildan murabbiy, musobaqalarda hakamlik qilgan. Xalqaro toifadagi hakam (1975).