Galina Melnikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Galina Melnikova
Tavalludi 23-dekabr 1936-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Diktor
Mukofotlari

Galina Vitalyevna Melnikova — (1936-yil, 23-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oliy toifali suxandon,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Doʻstlik" ordeni, Rossiya Federatsiyaning „Aleksandr Sergeyevich Pushkin“ medali, Rossiya Federatsiyasining „Doʻstlik“ ordeni sohibi

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina Melnikova 1936-yil 23-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1961-yilda Chet tillari pedagogika institutini tugatgan. Oliy toifali diktor. U televideniyedagi ilk faoliyatini 1956-yilda boshlagan[1]. Televideniyedagi faoliyati davomida Galina Melnikova siyosiy, ishtimoiy, badiiy-musiqaviy koʻrsatuvlarni olib borgan. Xususan, „Axborot“ yangiliklar koʻrsatuvining eng taniqli diktorlaridan biri hisoblanadi.


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina Melnikova Oʻzbekistonda oʻtkazilgan madaniy, ishtimoiy, mehr-saxovat tadbirlarining faol ishtirokchilaridan biri. U „Mehrjon“ jamoasi bilan birgalikda Beslan fojeasida jabr koʻrgan bolalarga insonparvarlik yordamini koʻrsatishda va qarovsiz va yetim qolgan bolalarning hayoti bilan bogʻliq xayrli ishlarda faoliyat olib borgan. Galina Melnikova bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qator xalqaro konfirensiyalar qatnashchisi. U Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining bayram tabriklari va murojaatlarini televideniyeda oʻqib eshittiradi. Uning koʻplab maqolalari „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ va „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ga kiritilgan. Galina Melnikova Oʻzbekiston Respublikasi „Nuroniy“ jamgʻarmasi, Oʻzbekistondagi rus madaniyat markazi va baynalminal uyushmasi aʼzosi sifatida faoliyat olib bormoqda. U koʻplab diktorlarning ustozi va oʻz kasbiga sodiq suxandon boʻlgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina Melnikova uzoq yillar davomidan oʻzbek televideniyesida faoliyat koʻrsatib kelganligi munosabi bilan 1975-yil „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini, 1996-yilda „Doʻstlik“ ordeni, 2010-yil Rossiya Federatsiyaning „Aleksandr Sergeyevich Pushkin“ medali, 2014-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni, 2016-yil „Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti“[3] unvonini, 2018-yil „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni, 2018-yil Rossiya Federatsiyasining „Doʻstlik“ ordeni kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Melnikova Galina
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224 bet. ISBN 978-9943-07-694-5. 
  3. Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi