Galina Kochetkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Galina Kochetkova
Tavalludi
Galina Grigoryevna Kochetkova

30-yanvar 1939-yil

Galina Grigoryevna Kochetkova (qizlik familiyasi Alekseyeva, 1939-yil 30-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – belarus arxitektori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina 1939-yil 30-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSRda tavallud topgan.

Galina Kochetkova 1962-yilda Belorussiya politexnika instituti qurilish fakultetining arxitektura boʻlimini tamomlagan (oʻqituvchilari G. V. Zaborskiy, V. M. Volchak, N. E. Traxtenberg, N. N. Mokletsova). Mogilyovdagi SSSR Davlat bankining Kompyuter markazi loyihasini ishlab chiqqanligi uchun BSSR Davlat fan va sanʼat akademiyasining 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan.

Mogilevdagi SSSR Davlat bankining kompyuter markazi (hozirgi davolash va diagnostika markazi).

Galina 1962–1965-yillarda arxitektor boʻlib, keyinchalik „Belpromproyekt“ institutida katta meʼmor boʻlib ishlagan. 1965–1968-yillarda BSSR Qurilish vazirligining Konstruktorlik byurosida 1-toifali loyihachi, texnik estetika boʻlimining guruh rahbari, Moʻgʻuliston Xalq Respublikasi, Choybalsan (1969) va dizayn ustaxonasida loyihaning bosh arxitektori boʻlib bir necha yillar faoliyat yuritgan. 1970-yilda „Belkomunproyekt“ institutida loyiha bosh meʼmori boʻlib ishlagan. 1971-yildan 1985-yilgacha „Mogilyovgrajdanproyekt“ instituti va 1985–1995-yillarda Mogilyov „Iskusstvo“ kombinatida rassom boʻlib faoliyat yuritgan.

Arxitektor 1965-yilda Meʼmorlar uyushmasi aʼzosi boʻldi. U Mogilyovda istiqomat qiladi[1].

Mogilev pedagogika instituti binosi.

Ijodkorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meʼmor Galina Grigoryevna asosiy bino va inshoot loyihalari muallifidir. U SSSR Davlat bankining Mogilyovdagi kompyuter markazi (1980), Mogilyov shahar kasalxonasining tibbiy binosi (1975), Kosmonavtlar koʻchasidagi Pedagogika instituti (1984) arxitektroridir. Bu inshootlarning barchasi Mogilyovda joylashgan[2].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina meʼmor Konstantin Alekseyev bilan turmush qurgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кочеткова Галина Григорьевна // Кто есть Кто в Республике Беларусь. Архитекторы Беларуси. / Редакционный совет: И. В. Чекалов (пред.) и др. Минск: Энциклопедикс, 2014. −140 с. ISBN 978-985-7090-29-7. 
  2. Алексеева Галина Григорьевна // Архитекторы Советской Белоруссии: Биогр. справочник / Союз архитекторов БССР; Сост. В. И. Аникин и др.. — Мн.: Беларусь, 1991. — 262 с. — ISBN 5-338-00611-1. (руск.) .