Galina Drozdova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galina Vladimirovna Drozdova (1955.13.1, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1988). 1976-yildan Toshkent shahridagi 3-kechki, 151-maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 1979-yildan Oʻzbekiston Maorif vazirligida mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha katta metodist, 1982-yildan Hamza tumanidagi 103-internat maktabda oʻqituvchi-defektolog. U darslarda tikish-bichishdan nazariy bilimlar berish bilan birga, olingan bilimlarni amalda qoʻllashga oʻrgatadi. Noanʼanaviy hamda ijodiy dars shakllaridan unumli foydalanadi. Yordamchi maktablarning 4—9sinflari uchun "Mehnat taʼlimi" dasturi muallifi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil