Galileya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Galileya (yun. Galilaia, qad. yahudiycha Galil — viloyat) — Shim. Falastindagi tarixiy viloyat. Dastlabki aholisi xurritlar va xananeylar boʻlgan. Mil. av. 13—12-asrlarda isroilliklar bosib olib, oʻrnashib olganlar. Asosiy markazlari — Sepforis, Gisxala, Tiveriada. Xristian anʼanalariga koʻra, G. Iso paygʻambarning diniy targʻiboti yuritilgan asosiy joy boʻlgan. Mil. av. 2-asr oxirida Iudeya (Yahudiya)ga qoʻshib olingan. Mil. av. 1-asr va mil. 1-asrda G.da Rim bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan yahudiy quldorlik aristokratiyasi va Rim tomonidan tayinlangan podsholar — Irod, Agrippa II va b.ga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil